Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromi rekonstruktsiya qilinadi

© GUVD TashkentaAvtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan
Avtodrom Fayzabad v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromining qiyofasi tez orada oʻzgaradi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromining qiyofasi tez orada oʻzgaradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

IIBB xabariga koʻra, bu masala bir qancha vaqtdan beri ularni oʻylantirib kelmoqda.

Bugungi kunda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlmagan ushbu bino va avtodromni toʻliq taʼmirdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelgan.

© GUVD TashkentaAvtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan
Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromi rekonstruktsiya qilinadi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB rahbariyati respublika Ichki ishlar vazirligiga xodimlar va boʻlajak haydovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilishi va avtodromni taʼmirdan oʻtkazishga mablagʻ ajratishni soʻrab murojaat qilgan.

Murojaat koʻrib chiqilgunga qadar vaqtinchalik chora sifatida YHXB xodimlari tomonidan YHXB “Fayzobod” ROʻ va IOB mashq maydoni hududidagi yoʻl qatlamini maʼlum qismini taʼmirdan oʻtkazish chorasi koʻrildi.

© GUVD TashkentaAvtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan
Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromi rekonstruktsiya qilinadi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan

Eslatib oʻtamiz, Mirobod tumani, Fayzobod koʻchasi, 43 manzilida joylashgan va Bektemir, Yashnobod hamda Shayxontoxur tumanlariga xizmat koʻrsatuvchi Toshkent shahar IIBB YHXB Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi binosi 1978 yili qurilgan.

© GUVD TashkentaAvtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan
Toshkentdagi “Fayzobod” avtodromi rekonstruktsiya qilinadi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtodrom "Fayzabad" v Tashkente budet polnostyu rekonstruirovan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala