TOSHKENT, 15 may — Sputnik. AQSH havo harbiy qoʻshinlari RQ-4B-40 Global Hawk strategik uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning gʻarbiy chegaralarida razvedka olib bordi. Bu haqda PlaneRadar xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga koʻtarilgan.
Moskva vaqti bilan soat 11:45 da samolyotni Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida koʻrishdi.
13:00 msk.
— PlaneRadar (@ua4wiy_) 15 maya 2019 g.
Razvedыvatelnыy polyot vdol granitsы Pskovskoy🇷🇺 i Leningradskoy oblastey, v vozdushnom prostranstve Estonii🇪🇪 . pic.twitter.com/Sa4fJZIkK3
Soat 13:00 da Estoniya hududidan Pskov va Leningrad viloyatlari hududidan razvedka parvozini boshladi.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Rossiya chegaralari yaqinida borgan sari koʻp paydo boʻlmoqda.
Masalan, oʻtgan haftada RQ-4B-40 Global Hawk Qrim qirgʻoqlari yaqinida koʻrinish berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.