Kinologlar eng yaxshi qo‘riqchi itlar zotlarini aytishdi

Obuna bo‘lish
Kinologlar eng yaxshi qo‘riqchi itlar zotlarini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Uy, mol-molk va egasini himoya qilish uchun eng yaxshi itlar bu – O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya kinologiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Golubev ma’lum qildi.

Sobaka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Juda ta’sirli: Xitoyda vafodor it uch oydan beri halok bo‘lgan egasini o‘lim joyida kutmoqda

“Qo‘riqchi itlarning eng yorqin namunasi bu  O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi.  Bu zotli itlar yonida egasi bo‘lgan  yoki bo‘lmagan holatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu itlar albatta mashq kursidan o‘tishi kerak”, - dedi u.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mashq itlarga vaziyatni anglash va qachon jahldorlikni ko‘rsatish ko‘nimalariga o‘rgatadi.  

“Qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan itlar egasiga quloq solish, begonalarga ishonchsizlikka ko‘nikmalariga o‘rgatishi kerak", - deb ta’kidladi Golubev.

Mashg‘ulotlar bilan faqat tajribali mutaxassis-kinologlar shug‘ullanishi kerak.

Golubevning so‘zlariga ko‘ra, xizmat itlari mashq uchun eng yaxshi zotli itlar hisoblanadi.

Xizmat itlari guruhiga nemis va belgiya ovcharkalari, rotveyler, labrador, spaniyel zotli itlar kiradi.

Ko‘p yillar davomida bu zotli itlar: portlovchi va narkotik moddalarni qidirish, odam qidirish, jinoyatchilarni ushlashda, odamlarni qutqarish ishlarida qo‘llaniladi. Shuningdek, qo‘riqlash faoliyatida qo‘llaniladi.  

Yangiliklar lentasi
0