Siyosat

Oʻzbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekskiye voyennыe otrabatыvayut vыsadku desanta na poligone "Forish"
Uzbekskiye voyennыe otrabatыvayut vыsadku desanta na poligone Forish - Sputnik Oʻzbekiston
Tajriba va malaka almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning barchasi “Gʻurumsaroy” poligoni hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Joriy yilning 20—27 may kunlari Namangan viloyatida joylashgan “Gʻurumsaroy” poligonida birinchi marta Oʻzbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida “Jangovar hamdoʻstlik—2019” maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu oʻquv mashgʻulotlari Oʻzbekiston va Belarus davlatlari oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning barchasi “Gʻurumsaroy” poligoni hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 22—27 aprel kunlari “Forish” togʻ dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston,  Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader