Hodisalar

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda toʻrt nafar oʻzbekistonlik pichoqlandi

© Sputnik / Pavel LisitsыnNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki fuqaro Sankt-Peterburgdagi kasalxonaga yotqizilgan va jarrohlik boʻlimida qolmoqda.

TOSHKENT, 21 may  — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qahvaxonada yuz bergan pichoqbozlik oqibatida toʻrt nafar oʻzbekistonlik jarohat oldi.

Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qogʻozistonda ichida 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan mashina YTHga uchradi

TIV xabariga koʻra, 19 may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi qahvaxonada ommaviy mushtlashuv yuz bergan, natijada esa Oʻzbekistonning toʻrt nafar fuqarosi pichoqlangan:

- Pahlavon Baxtiyorovich Ziyoyev (1987 yil 15 oktyabrda tugʻilgan);
- Shahriyor Baxtiyorovich Ziyoyev (1986 yil 3 sentyabrda tugʻilgan);
- Anvar Ahrorovich Ziyoyev (1987 yil 7 iyulda tugʻilgan);
- Abduaziz Majidovich Mahmudov (1995 yil 16 iyulda tugʻilgan).

Qayd etilishicha, ikki fuqaro Sankt-Peterburgdagi I.Janelidze nomidagi ilmiy-tadqiqot institutidagi kasalxonaga yotqizilgan va jarrohlik boʻlimida qolmoqda.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan holat boʻyicha Rossiya Federatsiyasi JKning 111-moddasi (qasddan ogʻir jarohat yetkazish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

“Bosh konsulxona Sankt-Peterburg shahrining tegishli organlari bilan aloqa oʻrnatgan hamda mazkur vaziyatni oʻz nazorati olgan”, - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala