Jamiyat

Yunusobod metro liniyasida dastlabki burgʻulash ishlari yakunlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro
Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stantsiyalar oraligʻidagi tunnelning uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik burgʻulash ishlari yakunlandi.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. 19 may kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stantsiyalar oraligʻidagi tunnelning birinchi yoʻnalishida uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik burgʻulash ishlari yakunlandi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Germaniyadan keltirilgan Herrenknecht rusumli tunnel burgʻulash texnikasi yordamida 938 komplekt temir-beton xalqalar oʻrnatilib, Yunusobod liniyasining «Shahriston» bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib kelgan.

Xabarda ayni paytda poytaxtning Yunusobod yoʻnalishida 2-bosqich qurilishi davom etayotgani qayd etilgan

Toshkent metrosi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Toshkent metro - 2025

Yangi yoʻlning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda metroning tunnel qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Mazkur yer osti qurilish ishlarida “Koʻprikqurilish tresti” unitar korxonasining 67-Koʻprikqurilish otryadi jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha 2019 yil oxirigacha toʻla nihoyasiga yetkazilishi koʻzda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yoʻnalishiga yana ikkita bekat qoʻshiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari boʻlib, har ikkisi ham sharqona meʼmorchilik anʼanalari asosida barpo etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala