Video

Dunyodagi eng gʻamgin hikoya yoxud donor qizaloq uchun kuylangan qoʻshiq – video

Shifokorlarning ota-onasi uning organlarini muhtoj boʻlganlar uchun qurbon qilgan jajji qizaloq sharafiga qoʻshiq kuylashi internet foydalanuvchilarining yurak-bagʻrini tilka-pora qildi.

Eʼtiboringizga havola qilinayotgan videoda shifokorlar 22 oylik jajji qizaloqni jarrohlik boʻlimiga olib kirib ketayotgani tasvirlangan. Ular qizaloq sharafiga Amazing Grace qoʻshigʻini kuylashdi.

Koralin Sobolikning miyasi qattiq jarohatlangan. Shu bois uning ota-onasi boshqa kishilar hayotini saqlab qolish maqsadida qizaloqning barcha organlarini donor sifatida olishlarini vasiyat qilishdi.

“Men seni hamisha yaxshi koʻraman. Sen uch kishi hayotini saqlab qolasan”, - deya figʻon qiladi uning onasi.

Bir kun ilgari Koralin dahshatli virusga qarshi kurashdi, bugun esa uning miyasi ishdan chiqdi. Qizaloqning jigari, yuragi va buyraklari ushbu organlarga muhtoj boʻlganlarga koʻchirib oʻtkazildi. Shu tariqa qizaloq uch kishiga yangi hayot baxsh etdi.

Inson yurak-bagʻrini pora qiluvchi video koʻp muhokama sabab boʻldi va foydalanuvchilar qizaloqning ota-onasiga tasannolar aytishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala