Iqtisod

Yil boshidan buyon aholi yalpi daromadi 123 %ga oshdi – Moliya vazirligi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishProdavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket
Prodavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket - Sputnik Oʻzbekiston
Aholi yalpi daromadi 123 %ga, real daromadi esa 108 %ga oshdi, deyilgan Moliya vazirligi hisobotida.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. 2019 yilning 1 choragida aholi daromadi oshdi, deb xabar qilindi Oliy Majlisda boʻlib oʻtgan Xalq – Demokratik partiyasi majlisida.

Moliya vazirligi hisobotiga koʻra, 2019 yilning 1 choragida aholdi daromadi miqdori 64,9 trillion soʻmni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 123,1 %ga koʻp. Lekin isteʼmol narxlarining oʻsishini ham hisobga olganda, aholining real daromadlari oʻsishi miqdori 108,6 %ni tashkil qilganini koʻrish mumkin, - deyilgan xabarda.

Oliy Majlisda kengashida, shuningdek, davlat byudjetini bajarish, investitsiyalar jalb qilish va aholi  farovonlik darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Undan tashqari soʻnggi yillarda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash miqdori oshgani ham qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala