Namanganda Oʻzbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashgʻulotlari yakunlandi

© Press-slujba Ministerstva oboronыSovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Sovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
 “Jangovar hamdoʻstlik – 2019” doirasida oʻtgan mashgʻulotlar har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining zamonaviy jang amaliyotlaridagi muhim tajribalarini oshirdi

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Namanganda "Jangovar hamdoʻstlik–2019" shiori ostida Oʻzbekiston–Belarus maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi.

© Press-slujba Ministerstva oboronыSovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda Oʻzbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashgʻulotlari yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Sovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Mazkur mashgʻulotlarni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegatsiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

“Jangovar hamdoʻstlik–2019” taktik-oʻquvida rejalashtirilgan barcha mashgʻulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi.

© Press-slujba Ministerstva oboronыSovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda Oʻzbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashgʻulotlari yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Sovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirxli texnika orqali yorib kirish, guruhlarga boʻlingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli toʻdalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida tushish vazifalarini aʼlo darajada bajardilar.

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolyotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini oʻqqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni oʻzbek va belarus harbiylari betalafot evakuatsiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani boʻlimi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, evakuatsiyasi amalga oshirildi, yongʻinlar oʻchirildi. Hudud xavfdan butkul xoli boʻldi.

Harbiy taktik-mashgʻulotlarning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada oʻtganini eʼtirof etdi.

© Press-slujba Ministerstva oboronыSovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda Oʻzbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashgʻulotlari yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Sovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari davomida oʻrnak boʻlgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

© Press-slujba Ministerstva oboronыSovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti
Namanganda Oʻzbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashgʻulotlari yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Sovmestnыe voyennыe ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti

Mehmonlar sharafiga Namangan viloyati hokimligi tomonidan oʻzbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va hunarmandchilik namunalari aks etgan ekspozitsiyalar, shuningdek oʻzbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari haqida maʼlumot beradigan koʻrgazmalar tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala