Oʻzingizni sinab koʻring: Oʻzbekistonda ommaviy diktant oʻtkaziladi

© SputnikAktsiya "Totalnыy diktant" v Tashkente
Aktsiya Totalnыy diktant v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Aktsiya 28 may kuni soat 15:00da butun respublika boʻylab onlayn tarzida oʻtkaziladi. 25 may soat 12.04 holatiga koʻra, 3104 kishi undan roʻyxatdan oʻtgan.

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor oʻqituvchilari tashabbusi bilan oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Diktant.uz loyihasi amalga oshirilmoqda.

Totalnыy diktant v Nukuse - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, "oʻlik jonlar" va ayyor tinish belgisi

Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu loyiha mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yozma savodxonligini oshirishga qaratilgan.

Aktsiya shu yilning 28 may kuni soat 15:00da Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan butun respublika boʻylab onlayn tarzida oʻtkaziladi.

Xabarga koʻra, Toshkent shahrida Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida bosh shtab tashkil etiladi, hududlardagi OTMlarda ham shtablar tashkil etiladi.

Respublika boʻylab manzillar roʻyxati mana bu yerda keltirilgan.

25 may soat 12.04 holatiga koʻra, 3104 kishi undan roʻyxatdan oʻtgan. Aktsiyada ishtirok etish istagini bildirganlar www.diktant.uz saytida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala