"Tanlagan yo‘lingizdan qat’iy boring": Shtaynmayer Mirziyoyev siyosatini e’tirof etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera
Vizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev prezidentligi davrida O‘zbekiston dunyoga "eshik ochmoqda". Germaniya O‘zbekiston prezidenti mana shu ochiqlik siyosatini izchil davom ettirishini tilaydi va bu borada unga ko‘makdosh bo‘lishga tayyor

TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 28-may kuni Ko‘ksaroyda tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralardan to‘liq mamnunligini bildirdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Podpisanie dokumentov mejdu FRG i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Avtosanoat, muhofaza va yadro tibbiyot: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar

"Joriy yil yanvar oyida Berlin shahrida o‘tgan uchrashuvimizning mantiqiy davomi bo‘lgan bugungi muzokaralar natijalaridan to‘la mamnunman. Ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlari – siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarga doir masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar belgilab olindi", - deb qayd etdi O‘zbekiston prezidenti.

Germaniya prezidenti Shtaynmayer O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda o‘sish ro‘y berayotganini guvoh bo‘layotganini va bunga Germaniya hurmat bilan qarashini ta’kidladi.

"O‘zbekiston hozirgi yo‘lini davom ettirishini tilaymiz. O‘zgarishlar katta vaqt talab etadi, ular qarshiliklarga duch keladi, lekin Germaniya hozirgi islohotlarda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Germaniya biznesi O‘zbekiston salohiyatiga katta qiziqish bilan qaramoqda", - dedi.

Shtaynmayerga ko‘ra, Mirziyoyev prezidentligi davrida jamiyat yanada erkinlashdi, ochiqlik muhiti shakllandi. "Ushbu yo‘ldan qat’iyat bilan borishda davom eting", - dedi Mirziyoyevga murojaat qilib Shtaynmayer.

Yangiliklar lentasi
0