TOShKENT, 30-may — Sputnik. Vengriya poytaxti Budepeshtda janubiy koreyalik 33 nafar sayyoh bo‘lgan sayr qilishga mo‘ljallangan kater cho‘kib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, Dunay darosida sayr qilish katerining halokatga uchrashiga kuchli yomg‘ir va katerning boshqa kema bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, katerda janubiy koreyalik 33 sayyoh va ekipajning 2 a’zosi bo‘lgan. 7 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 19 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
RIA Novostining yozishicha, Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gon Xva Budapeshtga zudlik bilan safar qiladi.