Hodisalar

Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

CC0 / pixabay / Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dushanbe shahar sudi qizining nomusiga bir necha marta tekkan fuqaroni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Dushanbe shahar sudi qizining nomusiga bir necha marta tekkan fuqaroni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar qildi.

Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jinsiy aloqa va oʻzini oʻzi oʻldirishga majburlash: qozogʻistonlik imom jinoyatda gumonlanmoqda

Qayd etilishicha, sud hukmi 2019-yil 28-may kuni oʻqib eshittirilgan. Mahkum Tojikiston JKning 138-moddasi 3-qismi “a” bandida (nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib yoki yaqin qarindoshga nisbatan jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi boshqa barcha holatlarini inobatga olib, unga umrbod qamoq jazosini tayinlagan. Shuningdek, jinoyatchi jazoni maxsus tartibdagi koloniyada oʻtashi belgilangan.

Sputnik Tojikistonning yozishicha, mazkur jirkanch jinoyatga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukrainada 5 yoshli qizalogʻini oʻldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0