TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Qirgʻiziston jazoni ijro etish muassasalarida 340 nafar xorijiy fuqaro jazo muddatini oʻtamoqda.
Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.
Hozirgi vaqtda qamoqxonada 9,3 ming kishi jazo oʻtamoqda, ulardan 340 nafar xorijiy fuqarolar.
Mahkumlarning eng koʻp soni Oʻzbekiston fuqarolari (32,7%), Tojikiston (24,5), Rossiya (19), Qozogʻiston (16,9), Turkiya (2,6) va Xitoy (0,5) tashkil qiladi.
Oʻtgan oyda Oʻzbekistonda 19 nafar Qirgʻiziston fuqarolari qamoq jazosini oʻtayotgani haqida xabar bergandik.
Xorij mamlakatlardagi qamoqxonalarda jami 1882 nafar Qirgʻiziston fuqarolari saqlanmoqda: Rossiyada – 1335, Qozogʻistonda – 212, Tojikistonda – 34, Oʻzbekistonda – 19, Xitoyda – 18, Germaniyada – 14, Turkiyada – 8.