Xotin-qizlar qo‘mitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni o‘z himoyasiga oldi

© Foto predostavleno poterpevsheyJenshina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga
Jenshina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha Umarovaning turmush o‘rtog‘i spirtli ichimlikni haddan ziyod iste’mol qiluvchi fuqarolar ro‘yxatida turgan

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zga xonadonga kelin bo‘lib tushganining 10 kunida mast eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan bulung‘urlik Zuhra Umarova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining himoyasiga olindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavxar Alimovadan olingan ma’lumot asosida xabar bermoqda.

Jenshina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev muja - Sputnik O‘zbekiston
"Meni hatto onam tanimadi": Bulung‘urda 10 kunlik kelinchakni eri ayovsiz kaltakladi

Ayni vaqtda ayol kasalxonada davolanishni davom ettirmoqda, uning holati qoniqarli, deb baholangan.

Jabrdiyda tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini so‘rab huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berilgan. Hozirda bu yo‘nalishda ish olib borilmoqda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi ekspertiza o‘tkazilishini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, jabrdiydaning onasiga ilgariroq Sputnik muxbiri bilan suhbatda ichki ishlar organi xodimlari "qizingizni o‘z pulingizga davolating, u oiladan pul so‘rab yurmang, bo‘lmag‘ur oila" deya maslahat berishganini, shuningdek, "o‘zingizga qimmatga tushadi" degan so‘zlardan so‘ng o‘z jigarbandini hatto tibbiy ekspertizadan ham o‘tkaza olmaganini ma’lum qilgan edi.

Zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollar uchun ishonch telefoni ishga tushirildi >>>

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tashkilot oilaviy-maishiy mojarolar sababchilariga aylanayotgan, haddan tashqari ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qiluvchi fuqarolar ro‘yxatini ularning davolanish ishlari tashkillashtirilishi uchun sog‘liqni saqlash vazirligiga bergan.

Zuhra Umarovaning turmush o‘rtog‘i shu ro‘yxatda turgan.

Sputnik muxbiri bilan suhbatda, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova xotin-qizlar qo‘mitasi Umarovaning manfaatlarini himoya qilishini va uning muammolarini bartaraf etishda yaqindan ko‘mak berishini ma’lum qildi.

Alimovaning aytishicha, ayni vaqtda maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayolga psixologik va ruhiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0