“Hech kim xabar olgani kelmadi”: bulung‘urlik kelinchakning kaltaklanish tafsilotlari – video

© YouTubeNikto ne naveshayet: mat izbitoy uzbekistanki rasskazala podrobnosti - video 75/
Nikto ne naveshayet: mat izbitoy uzbekistanki rasskazala podrobnosti - video 75/ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizning onasining so‘zlariga ko‘ra, qiz qattiq qo‘rqib ketgan va uning eri shifokorlarga "zinadan tushib ketdim" deb aytishni talab qilgan.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Samarqandning STV telkanali 10 kunlik kelinchak Zuhra Umarovaning eri tomonidan shavqatsiz kaltaklangani haqida videolavha namoyish etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 18-mayda turmushga chiqqan. To‘ydan 10 kun o‘tgach, mast holatdagi turmush o‘rtog‘i noma’lum sabablarga ko‘ra unga tashlanib, ayovsiz ravishda do‘pposlagan. Yosh kelin hushsiz holda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

“Og‘zidan qon oqar edi, boshi yorilgan. Sal qolsa eri uni o‘ldirib qo‘yishi mumkin edi. Mana, oradan to‘rt kun o‘tdi, lekin hech kim xabar olgani kelmadi”, — deydi Zuhraning onasi.

Qizning onasining so‘zlariga ko‘ra, qiz qattiq qo‘rqib ketgan va uning eri shifokorlarga "zinadan tushib ketdim" deb aytishni talab qilgan. 

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, qizning ota-onasi kuyovning ichkilikka ruju qo‘yganini bilgan, lekin qizning yoshi sababli (kelin 30 yoshda) turmushga chiqishga ko‘ndirishgan. Jabrlangan kelin ikkinchi xotin bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak avval uylagan va birinchi xotinidan ikkita farzandi bo‘lgan. Erkakning birinchi xotini erining ichkilikka ruju qo‘yganligi va muntazam do‘pposlashi sababli ketib qolgan.

Ikki yoshning nikohi qonunan rasmiylashtirilmagan. Ularni mahalliy imom sha’riy nikohlab qo‘ygan.

Qayd etilishicha, jabrdiydaning eriga nisbatan jinoiy ish ochilgan va hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni o‘z himoyasiga oldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sputnik Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Zuhra Umarova kelinligining o‘ninchi kunida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga tushgani haqida xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0