Malayziyaning sobiq qiroli va “Moskva go‘zali” farzandli bo‘ldi

© Instagram / rihanapetra"Miss Moskva 2015" Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris
Miss Moskva 2015 Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziyaning sobiq qiroli Muhammad V rafiqasi “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodina o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Malayziyaning sobiq qiroli Muhammad V Sulton Kelantanning rafiqasi “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodina o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Oksana Voyevodina ushbu xushxabarni Instagram’dagi sahifasi orqali ommaga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ikki yoshning to‘ng‘ich farzandi 21-may kuni dunyoga kelgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

“Men o‘g‘limiz uchun Yaratgandan va turmush o‘rtog‘imdan minnatdorman. Endi biz uch kishimiz. Bizning oilamizni tanlaganing uchun rahmat, Tenku Ismail Leon Petra Bin Tenku Muhammad V Faris Petra”, — deya ta’sirli post qoldirgan baxtiyor ona.

Eslatib o‘tamiz, 49 yashar Malayziya qiroli va 25 yashar rossiyalik sohibjamolning nikoh to‘yi 22-noyabrda Podmoskovyeda bo‘lib o‘tgan. To‘y marosimida mehmonlarga faqatgina halol yeguliklar uzatilgan, spirtli ichimlik berilmagan. Shuningdek, yanvar oyi boshida Muhammad V o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan voz kechayotgani haqida e’lon qilingan edi. Qirol nima sababdan bunday qarorga kelgani ochiqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0