TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda yana yer qimirladi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, 2019-yil 4-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:47da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi.
Koordinatalar 40,87 gradus shimoliy kenglik, 71,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h=19 km. Toshkentgacha masofa 166 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Namangan: 49 km; 3 ball
Andijon: 103 km; 2 ball
Farg‘ona: 78 km; 2 ball.
O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 29-may kuni Toshkent vaqti bilan 23:40 da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etilgani xabar qilingan edi.