Sport

Krishtianu Ronalduga nisbatan zoʻrlash boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish yopildi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishFutbol. CHM-2018. Trenirovka sbornoy Portugalii
Futbol. CHM-2018. Trenirovka sbornoy Portugalii - Sputnik Oʻzbekiston
Agentlikning maʼlum qilishicha, Las-Vegas sudiga mazkur ishni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan.

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Las-Vegasdagi Nevada shtati sudi Portugaliya terma jamoasi futbolchisi, Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qarshi qoʻzgʻatilgan nomusga tegish ayblovi boʻyicha ishni toʻxtatdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Krishtianu Ronaldu pribыl dlya sudebnogo zasedaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Sud Krishtianu Ronalduga jazo tayinladi

Agentlikning maʼlum qilishicha, Las-Vegas sudiga mazkur ishni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan. Bu ish tomonlarning oʻzaro roziligi asosida qilinganmi yoki ayolning tashabbusi bilan amalga oshirilganmi — hozircha bu haqda aniq maʼlumot yoʻq, deya yozadi RT.

2018 yilning sentyabrida Spiegel nemis jurnali amerikalik model Ketrin Mayorga Ronalduni zoʻrlaganlikda ayblayotgani haqida maʼlum qilgandi. Nashr maʼlumotlariga qaraganda, 2010 yil yanvarida futbolchi vakillari jabrlanuvchi jim yurishi uchun 375 ming dollar toʻlagan.

Keyinchalik Las-Vegas politsiyasi Ronalduga nisbatan qizni zoʻrlaganligi haqida jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatgan.

Ronalduning oʻzi bir necha marotaba ayblovni rad etgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala