Jamiyat

Operatsiya oldidan Bari Alibasov shifoxonada yangi vasiyatnoma tuzdi

© Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishProdyuser Bari Alibasov
Prodyuser Bari Alibasov - Sputnik Oʻzbekiston
“Na-Na” guruhining asoschisi Bari Alibasov Sklifosovskiy nomidagi shifoxonasi jonlantirish boʻlimiga notariusni chaqirtirdi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Rossiya xalq artisti va “Na-na” guruhining asoschisi Bari Alibasov yangi vasiyatnoma tuzdi, bu haqda uning PR-direktori Vadim Gorjankin maʼlum qildi.

Pevitsa Maksim - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Rossiyalik xonanda MakSim ilk bor Toshkentda kontsert beradi

Uning soʻzlariga oʻra, Alibasov shaxsan notariusni jonlantirish boʻlimiga chaqirtirdi.

Bundan avval Alibasov vasiyatnoma tuzgan edi. Taʼkidlanishicha, Alibasov oldingi vasiyatnomaga oʻzgartirishlar kiritdi.

Yangi vasiyatnomaga koʻra, Bari Alibasovning oʻgʻliga qoʻshiqchiga tegishli boʻlgan Moskvadagi uchta kvartira qoladi.

Alibasovning rafiqasi, Lidiya Fedoseyevaya-Shukshinaga Moskva viloyatida joylashgan narxi yarim million dollar boʻlgan yer uchastkasi beriladi. Bundan tashqari, Alibasov unga ikki million dollarga teng boʻlgan aktsiya, veksel va boshqa qimmatbaho qogʻozlarni meros sifatida qoldiradi.

"Moskva" nashri yozishicha, Bari Alibasov shoshilinch operatsiyaga tayyorlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Bari Alibasov kimyoviy moddalar bilan zaharlanish oqibatida shifoxonaga tushdi.

Alibasov oʻgʻlining soʻzlariga koʻra, u quvur tozalash uchun moʻljallangan kimyoviy suyuqlik solingan stakanni sharbat deb ichib yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala