Jamiyat

“Oq-tepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi

Sergelidagi zaharlanish sabablari hozircha 100% aniqlanmagan boʻlsada - “Oq-tepa lavash” bemorlarga yordam berishni boshladi.

TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. “Biz suhbat va muzokaralar uchun ochiqmiz”, deb boshlanadi “Oq-tepa lavash” kompaniyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.

“Boʻlib oʻtganlar uchun javobgarlikni toʻliq oʻzimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, sahifada kompaniya rahbariyati zaharlangan bemorlar ahvolidan xabar olish uchun kasalxonaga borgani, hamda keltirilgan maʼnaviy zarar va davolanish xarajatlarini qoplaganini xabar qilishgan.

Prodavets gotovit shaurmu - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi: 3 nafar bemorning ahvoli ogʻir

Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda kompaniya vakili zaharlanish sabablari hozircha 100% aniqlanmaganini va ushbu holat yuzasidan tekshirish oʻtkazilayotganini va xabar qilishdi.  

Tan olish kerak-ki, ovqatdan zaharlanish yoz mavsumida Oʻzbekistonda tez-tez uchrab turadigan hol, lekin aybdor tomon oʻz aybini darhol boʻyniga olib, javob berishga tayyor turishi – bu juda yaxshi yangilik. 

Boshqalar ham bundan oʻrnak oladi degan umiddamiz. Biz esa OAV sifatida vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala