Dunyoda

Rossiyada Ukraina Qrimni qanday qilib qaytarib olishi mumkinligini maʼlum qilishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik Oʻzbekiston
Senator Sergey Tsekov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Bryusselga tashrifi hamda uning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Qrimdan Federatsiya kengashi aʼzosi Sergey Tsekov NSNga bergan interyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Bryusselga tashrifi hamda uning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tsekov Ukraina Gʻarb mamlakatlariga faqat Rossiyani obroʻsizlantirish uchun kerakligi, Zelenskiy esa bu vaziyatda faqat nizoni muzlatishga erishishi mumkinligini taʼkidladi.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zaxarova Zelenskiyning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi

“Kim u yerda ularga yordam beradi? Ular Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirish manbai sifatida kerak. Qrimni Ukraina tarkibiga qaytarishga yordam berishmaydi. Shunga qaramay biror narsa qilishlari, sanktsiya kabi choralarni taklif qilishlari mumkin. Buning barchasi boʻladi, lekin bu behuda”, - dedi Tsekov.

Shu bilan birga, u Ukraina xalqi haqiqiy vaziyatni tushunadigan va muammoni hal qilishni taklif qiladigan real siyosatchilarni kutayotganini qoʻshimcha qildi. Uning fikriga koʻra, Zelenskiy soʻzlaridan kelib chiqadigan boʻlsak, Ukraina sobiq prezident Pyotr Poroshenko davridagi kabi Gʻarb qoʻlida qurol boʻlib qolishda davom etmoqda.

Shuningdek, u Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyati haliyam borligini istehzo bilan qoʻshimcha qildi.

“Qrimning Ukraina tarkibiga qaytishining juda qisqa yoʻli bor. Men buni haqiqiy yoʻl deb hisoblayman: Ukraina uch yuz yil avvalgidek Rossiya bilan birlashishi kerak. Boshqa hech qanday variant yoʻq”, - deya taʼkidladi senator.

Bundan tashqari, Tsekov Ukrainani rivojlangan davlat boʻlish uchun Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashga va iqtisodiy aloqalarni tiklashga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mariya Zaxarova Vladimir Zelenskiy  jamoasi tomonidan "Qrimni qaytarish" strategiyasiga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqidagi xabarga oʻz munosabatini bildirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala