Tojikistonda kuchli sel oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

© AFP 2023 / ROBYN BECKSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Panjikent shahri yaqinida yuz bergan kuch sel oqibatida ko‘plab xonadonni suv bosdi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Panjikent shahri yaqinida yuz bergan sel toshqini oqibatida ikki nafar kishi halok bo‘ldi va bir nafar kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda RIA Novostiga matbuot anjumanda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mita boshlig‘i Umida Yusufi ma’lum qildi.  

“O‘zgidromet” Toshkentdagi navbatdagi chaqmoq va yomg‘irlar haqida ogohlantirdi

“Ro‘zi-Obnok qishlog‘ida tabiiy ofat oqibatida Dushanbeda istiqomat qiluvchi ikki nafar kishi halok bo‘ldi. Ular qarindonlar oldiga mehmonga kelishgan ekan. Hozirgi vaqtda bedarak yo‘qolgan 55 yoshli erkakni qidirish ishlari olib borilmoqda”, - dedi FVQ vakili.

Voqea joyida Panjikent FV bo‘yicha komissiya va qutqaruvchilar ishlamoqda.

Tojikistonda bir necha kun davomida kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘lib o‘tdi. Bu sel toshqinlarini keltirib chiqardi. Rudaki tumani Obi qishlog‘ida sel toshqini oqibatida 80 ta xonadonlarni suv bosdi.

Bundan tashqari, sel ekin maydonlar va avtomobil yo‘llarga shikast yetkazdi.

Yangiliklar lentasi
0