Oʻzbekistonda tez kunlarda oʻzini-oʻzi band qilganlik guvohnomalari joriy etiladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vazir ushbu yangi tizim mehnat munosabatlari sohasida haqiqiy katta siljish boʻlishiga ishonch bildirdi

TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda oʻzini-oʻzi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi, shu kunlarda yangi tizimga doir hujjat chiqishi kutilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevdan olingan maʼlumot asosida.

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Sherzod Kudbiyev: 60 foiz aholi pensiya huquqlarini shakllantirmayapti

"Bir-ikki kunda bu hujjat chiqib qoladi. Fuqarolarimizning aksariyati norasmiy mehnat turi bilan band - deylik uyida repetitorlik yoki frilanserlik qilishadi, qurilish ishlarida, qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilishadi va bir martalik ish turlari bilan bandlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Albatta, bu fuqarolarimizga, ular rasmiy sektorga oʻtishlariga imkoniyat berishimiz. Yangi tizim norasmiy sektorda oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolarga stajni rasmiy sotib olish imkonini taqdim etadi", - dedi Kudbiyev.

Vazir ushbu yangi tizim mehnat munosabatlari sohasida haqiqiy katta siljish boʻlishiga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ilgariroq respublika "soyadagi" kasb-korlarni legallashtirishni rejalashtirayotgani, chunki mamlakat mehnat bozoridagi asosiy muammolardan biri bu norasmiy sektorda bandlik boʻlib, unda barcha ishlovchilarning 56%i jamlangani haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0