TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.
TIVning O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar berishicha, 2019-yilning 11-iyun kuni Aqtobe viloyatida Qarabutaq-Aqtobe avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
“YTH oqibatida 15.09.2002-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Diyorbek Doniyor o‘g‘li Kushshayev vafot etdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning yana bir fuqarosi 22.02.1986-yilda tug‘ilgan Daniyar Tahirovich Nishonov jarohat olgan va Aqtobe viloyati Aytekebi tumani “Komsomol” shaharchasidagi Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning sog‘ligining holati o‘rtacha barqaror.
Bosh konsulxona tomonidan marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.