TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida Donbass aholisiga rus pasportlarini berish boshlandi.
RIA Novostining xabar qilishicha, Pokrovskoye qishlogʻidagi maxsus markazda oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR), Novoshaxtinske qishlogʻida esa oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) aholisi qabul qilinmoqda. Maʼlum qilinishicha, LXR ahosining ilk besh nafariga allaqachon rus pasporti topshirilgan.
Joriy yilning aprel oyi oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisiga Rossiya fuqaroligini olish jarayonini soddalashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi. Ushbu hujjat xalqaro huquq normalariga asosan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida imzolangani taʼkidlangan.