"Rossiya 24" telekanali Orolbo‘yi hududi haqida film suratga oladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStariy korabl na beregu Aralskogo morya
Stariy korabl na beregu Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik jurnalistlar Orol dengizi qurishi oqibatlari, O‘zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyatning ushbu hududda ekologik vaziyatni yaxshilash uchun olib borayotgan ishlari haqida film suratga oladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi 2019-yilning 18-22 iyun kunlari “Rossiya 24” telekanalining ijodiy guruhi uchun Orolbo‘yi hududida tashrif uyushtiradi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Na dne Aralskogo morya visadili pervie derevya dlya borbi s opustinivaniyem - Sputnik O‘zbekiston
Tiklanayotgan sahro: Orol dengizi hududi qanday o‘zgarmoqda

“Rossiya 24” telekanalining ijodiy guruhi Mo‘ynoq, Nukus shaharlari va Orol suv havzasi atrofidagi hududlarni ko‘zdan kechiradi, suratga oladi hamda rasmiy shaxslar, tibbiyot xodimlari, ekolog, tarixchi, arxeolog va boshqa mutaxassislar bilan intervyular o‘tkzaishadi.

Suratga olinayotgan 40 daqiqali filmda Orolbo‘yida sodir bo‘lgan iqtisodiy inqirozning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamda aholi turmush darajasini ko‘tarishga qartilgan choralar aks etadi.

Filmda, shuningdek, 2017 – 2021-yillarga mo‘ljallangan Orolbo‘yi hududini rivojlantirish va ekologik talofat natijalarini yumshatishga  qaratilgan Davlat dasturiga ham alohida e’tibor beriladi. Jurnalistlar BMT qaramog‘i ostida tashkil etilgan Ko‘phamkorli Trast fondi va O‘zbekiston tomonidan tashkil qilingan Ekologik innovatsiyalar hudud faoliyatini ham yoritishadi.

Yangiliklar lentasi
0