Jamiyat

Toshkent markazida Gʻalaba bogʻi barpo etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMemorialnыy kompleks "Bratskiye mogilы" v Tashkente
Memorialnыy kompleks Bratskiye mogilы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining kontseptsiyasi tayyorlandi

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Toshkentda Gʻalaba bogʻi barpo etiladi. Bu “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida” prezident qarori loyihasida bayon etilgan.

Prazdnichnыe meropriyatiya, posvyaщennыe Dnyu Pamyati i Pochestey  - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda Gʻalaba parki barpo etiladi

Qaror loyihasiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar Dasturi, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi hamda Toshkent shahrida barpo etiladigan Gʻalaba bogʻining kontseptsiyasi ilova qilingan.

“Viloyat markazlarida aholi, shu jumladan oʻsib kelayotgan yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan hamda Ikkinchi jahon urushi davriga oid instalyatsiyalar, harbiy texnika, tarixiy eksponatlarni oʻz ichiga olgan zamonaviy “Vatanparvarlar” bogʻlarini barpo etish hamda gʻalabaning 75 yillik bayrami arafasida ushbu bogʻlarni tantanali ravishda ochilishi taʼminlasin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Memorialnыy kompleks Bratskiye mogilы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda "Gʻalaba" - bogʻ majmuasi yaratiladi

Shuningdek, hujjat loyihasida aytilishicha, bir oy muddatda Toshkent shahrida barpo etiladigan gʻalaba bogʻining markaziga “Matonat madhiyasi” deb nom oladigan, Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh oʻgʻli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab oʻrnatiladigan yodgorlik majmuasi loyihasini yaratish koʻzda tutilgan.

“Oʻtgan urushli kunlarni abadiy yod etish, xalqimizning fidoyi va insonparvarlik xususiyatlarini toʻliq anglash va ota-bobolarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va fidoyi insonlari, xususan jafokash onalarini eʼtirof etish maqsadida Gʻalaba bogʻini barpo etish maqsadga muvofiqdir”, - deyilgan kontseptsiya loyihasida.

Yangiliklar lentasi
0