Toshkentdagi bekatlarga elektron tablolar o‘rnatish boshlandi

© tshtx.uzInformatsionnoe tablo na ostanovke v Tashkente
Informatsionnoe tablo na ostanovke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning markaziy avtobus bekatlarida yangi “LED” rusumli tablolar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning markaziy avtobus bekatlarida yangi LED rusumli tablolar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

“Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolarning har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlashi, ularda uzatilayotgan ma’lumotlarning aniqligi barcha yo‘lovchilarimiz uchun birdek manzur bo‘lishi shubhasiz”, - deyilgan xabarda.

Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi

Bundan tashqari, Android va IOS tizimi uchun mo‘ljallangan hamda qayta ishlangan va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan TashBus mobil ilovasi faoliyat boshlamoqda.

Xabarda ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushirilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tablolarni o‘rnatish 2016-yilning oxirlarida yo‘lga qo‘yilgan edi. Ularda avtobusning yetib kelish vaqti, bekatdan o‘tib ketadigan avtobuslar ro‘yxati, valyutalar kursi, ob-havo ma’lumotlari berib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0