TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat brendi nafaqat qishloq xoʻjaligi, konlar va metallurglar, balki oddiy “juda chiroyli odamlar, ayniqsa ayollar” ekanligini aytdi.
Bundan avval Frantsiyaning Ukraindagi elchi Izabel Dyumo Zelenskiy Parijga tashrif buyurganini maʼlum qildi.
“Men aytmoqchimanki, doim dunyoda barcha odamlarda tushuncha boʻlgan, yaʼni Ukraina - bu birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi, konlar, metallurglar. Turistlar esa har doim aytishgan, Ukrainada juda chiroyli, ovqatlari mazali va chiroyli insonlar, ayniqsa ayollar. Ha, bu hammasi bor, bu bizning brendimiz boʻlib qolmoqda”, - dedi Zelenskiy Parijdagi dunyoda eng katta boʻlgan startam-kampusiga tashrifi chogʻida.
Zelenskiyning soʻzlashicha, Ukrainada IT-texnologiyalar va kompaniyalar juda tez rivojlanmoqda.
“Ukrainada 150 mingga yaqin IT mutaxassislar, startaperlar bor. Oʻylaymanki, bu yoʻnalishda rivojlanamiz”, - dedi Ukraina prezidenti.