Jamiyat

Gulnora Karimovaning advokati: “Mijozim tez-tez hushidan ketib qolyapti”

© Sputnik / Valeriy Levitin Gulnara Karimova na 65-y Kannskom kinofestivale
 Gulnara Karimova na 65-y Kannskom kinofestivale - Sputnik Oʻzbekiston
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli haqidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli yaxshi emasligi haqida maʼlum qildi. 

Advokat Twitter᾽dagi sahifasidagi mijozi sogʻligiga oid xabar yozib qoldirgan.

“Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli ogʻir. Qon bosimi baland. Oyogʻi toʻliq bint bilan bogʻlangan. Hech qanday tibbiy yordam koʻrsatilmayapti. Hushidan ketish holatlari koʻp kuzatilgan”, - deya yozgan himoyachi.

Bundan tashqari, advokat hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini soʻragan.

Iman Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Imon Karimova DXX raisi va bosh prokurorga xat bilan murojaat qildi

Bir necha kun ilgari Gulnora Karimovaning qizi va Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Imon Karimovaning nabirasi Imon Karimova oʻzining instagramdagi sahifasida DXX raisi va Oʻzbekiston Bosh prokuroriga yoʻllangan xatni eʼlon qilgandi.Unda onasiga kerakli tibbiy yordamni olmayotganini, bundan tashqari, goʻyoki Gulnora Karimovaga koloniya xodimlari ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazishayotgani taʼkidlangan.

Oʻz oʻrnida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova idora Gulnora Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha ish olib borayotganini maʼlum qilgan. U, shuningek, Karimovaning sogʻligi borasida ham toʻxtalib, "Gulnora Karimovaga tibbiy xizmat koʻrsatishda birorta monelik boʻlmayotganini" taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala