Misrning sobiq prezidenti Mursiy sud zalida vafot etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishMuxammed Mursi
Muxammed Mursi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muhammad Mursiy Qohiradagi sud zalida yiqilgan va vafot etgan. U 67 yoshda edi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy yurak xuruji oqibatida sud zalining o‘zida vafot etdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Misrning taxtdan ag‘darilgan prezidenti Muhammad Mursiy tarafdorlari - Sputnik O‘zbekiston
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, u Qohirada sud jarayoni vaqtida sud majlislari o‘rtasidagi tanaffusda katakning ichida yiqilgan va hushidan ketgan. Bundan bir necha daqiqa oldin sobiq prezident sudya oldida besh daqiqalik nutq so‘zlagan.

Siyosatchi yiqilib, hushidan ketgach, kasalxonaga yetqazilgan va u yerda uning o‘limi qayd etilgan. Tashqi tomondan uning tanasida hech qanday jarohat izi topilmagan.

Muhammad Mursiy 67 yoshda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mursiy 2012-yilda Misrning demokratik yo‘l bilan saylangan birinchi prezidenti bo‘lgan, u hukumat tepasiga "Musulmon-birodarlar" tashkiloti qo‘llab-quvvatlashi natijasida kelgan. Oradan bir yil o‘tgach Mursiyni harbiy to‘ntarish oqibatida taxtdan ag‘darishgan.

Mursiy 2011-yilgi qamoqdan qochgani va ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun 2015 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Ammo sal keyin ushbu qaror umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0