Dunyoda

Qozogʻistonda uch yuzdan ortiq politsiyachi tan jarohati oldi

© AFP 2018 / RUSLAN PRYANIKOVPolitsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyuщix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnыx prezidentskix vыborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v Alma-Ate
Politsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyuщix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnыx prezidentskix vыborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v  Alma-Ate - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda ruxsat berilmagan mitinglar davomida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi.

TOSHKENT, 18 iyun – Sputnik. Qozogʻistonda ruxsat berilmagan mitinglarni oldini olish jarayonida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi. Ulardan 6 nafar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev maʼlum qildi.

Zaderjaniye uchastnikov nesanktsionirovannыx mitingov v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonda saylov vaqtida 700 kishi qoʻlga olindi - video

Nur-Sulton va Olma-Otada ommaviy norozilik aktsiyalari oʻtkazildi. Saylov kunida ikkita yirik shaharda yuzlab kishilar qoʻlga olindi. Dushanba kuni ham politsiya koʻplab namoyishchilarni ushladi.

Ommaviy namoyishlarga aholini internet orqali Frantsiyada istiqomat qiluvchi“Qozogʻiston demokratik tanlovi” (ekstremistik deb tan olingan) harakati rahbari Muxtar Ablyazov chorladi. U oʻz tarafdorlarini prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirdi.

“Uch yuzdan ortiq politsiya xodimlari tan jarohat oldi, hozirgi vaqtda ulardan 6 nafari shifoxonada. Bu 3 sutka – 9,10, 11 iyun... Politsiya hech qanday maxsus vositalarni qoʻllamadi”, - dedi vazir.

Bundan avval saylov davrida 9 va 10 iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida oʻtkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qoʻlga olingani haqida xabar bergandik.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala