Jamiyat

Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida koʻrgazma tashkil etmoqchi

© Facebook / Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre
Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre - Sputnik Oʻzbekiston
Kitoblar 2021 yilda Luvr muzeyida ochiladigan “Ipak yoʻlidagi tamaddunlar va madaniyatlar” nomli koʻrgazma doirasida taqdim etiladi.

TOSHKENT, 18 iyun – Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Assouline Publishing” nashriyotining hammuassisi va muharriri Yaffa Assulin hamda buyumlar va landshaftni suratga olish sohasida eʼtirof topgan fotograf Laziz Hamani bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva “Facebook”dagi sahifasida post yozdi.

© Facebook / Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre
Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida koʻrgazma tashkil etmoqchi - Sputnik Oʻzbekiston
Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre

“Oʻzbekistonning tarixiy-madaniy merosini aks ettiradigan uchta kitob chop etish loyihasini muhokama qildik. Kitoblar 2021 yilda Luvr muzeyida ochiladigan “Ipak yoʻlidagi tamaddunlar va madaniyatlar” nomli koʻrgazma doirasida taqdim etiladi.

Ushbu loyiha ancha qiziqarli boʻlishi kutilmoqda. Xorij kitobxonlari jozibador diyorimizni nafaqat yaqindan bilib oladi, balki ularda Oʻzbekistonga kelish va barchasini oʻz koʻzi bilan koʻrish istagi paydo boʻladi!”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala