Dunyoda

Zelenskiy Putin bilan uchrashganida gapni nimadan boshlashini maʼlum qildi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Ukriana prezidenti Zelenskiy Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvda birinchi navbatda aytidigan soʻzlarini ochiqladi.

TOSHKENT, 18 iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nemis nashriga bergan interyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvda nimalar haqida suhbatlashini bayon qildi.

“Gapni Donbass va Qrim bu Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, - deya javob qaytargan u jurnalistning savoliga.

Bыvshiy federalnыy kantsler FRG Gerxard Shreder. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shreder Qrimning Rossiyaga qoʻshib olinishini qonunan toʻgʻri, deb hisoblaydi

Shuningdek, u tez orada yarimorol Ukraina tarkibiga qaytarilishiga umid bildirishini qoʻshimcha qilgan.

Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish haqida toʻxtalib oʻtarkan, siyosatchi uning maqsadi “Diplomatik yoʻl bilan Ukrainaga tinchlik olib kelish” ekanligini qayd etgan.

“Biz shu paytgacha Minsk kelishuviga ishonib kelmoqdamiz. Umid qilamizki, bu kelishuv hal qilish yoʻlini taklif qiladi. Biz  uni sulh tuzish va mahbuslarni ozod qilish toʻgʻrida muzokaralar oʻtkazish uchun yangi usulda  ishga solamiz. Biroq biz yana 5 yil kuta olmaymiz, chunki har kuni ukrainlar halok boʻlmoqda”, - deya Zelenskiy soʻzlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Zelenskiy Ukraina Qrimni oʻziga qaytaradi, deya bayonot qildi

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “MIR” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina bilan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirishini maʼlum qilgandi. Biroq, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar qilishicha, hozircha prezidentning Zelenskiy bilan muloqot oʻtkazishi rejalaridan oʻrin olmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala