Dunyoda

Urush yoqasida: Tramp Eronga zarba berish haqida buyruq berganini tan oldi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka oʻtishMeropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voynы
Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Harbiy zarba berishga oʻn daqiqa qolganda Donald Tramp oʻz fikridan qaytgan.

TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga harbiy zarba berish haqida buyruq berganini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedыvatelnыy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron AQShning razvedka qiluvchi qurilmasini urib tushirganini maʼlum qildi

“Kecha kechqurun biz qasos olishga tayyor edik – turli uch obʼyektga zarba berishga, lekin men necha kishi halok boʻladi deb soʻradim. 150 kishi, ser, deb javob berdi menga general. Zarba berishga oʻn daqiqa qolganda men uni toʻxtadim”, - deya yozgan Amerika yetakchisi Donald Tramp oʻzining Twitter᾽dagi sahifasida.

U Amerika qurolli kuchlari “dunyodagi eng yaxshi” ekani, lekin u hozircha shoshmasligini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Eron AQShning radvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk uchuvchisiz uchish qurilmasini (dron) urib tushirganini maʼlum qildi. Qurilma Hormozgon viloyatining Qoʻhi muborak tumanida havo chegaralarini kesib oʻtgandan soʻng urib tushirilgan. Donald Tramp bu hodisaga munosabat bildirib, Eron juda katta xatoga yoʻl qoʻyganini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0