Toshkentda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etgan direktor jarimaga tortildi

© Mintruda Respubliki UzbekistanPrivlecheniye uchiteley i uchenikov shkolы nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu
Privlecheniye uchiteley i uchenikov shkolы nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu - Sputnik Oʻzbekiston
Aniqlanishicha, Uchtepa tumani 251-maktab direktori maktab oʻqituvchilari va voyaga yetmagan bolalarni maktab hududini obodonlashtirishga qonunga hilof ravishda jalb etgan va oʻz tushuntirish xatida mazkur holatni toʻliq tan olgan

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida pedagog xodimlarni majburiy mehnatga jalb etgan direktorga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

V proshlom godu v stolitse vo vremya xashara pered Navruzom sobrali poryadka vosmi tыsyach tonn otxodov. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Adliya vazirligi majburiy mehnat qonun bilan taqiqlanganini eslatdi

Sal oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 251-maktab direktori pedagog xodimlarni majburiy mehnatga jalb etganligi haqidagi xabar tarqalgan. Xabarda aytilishicha, maktab rahbari bir guruh oʻqituvchilarni maktab hududini tozalashga va daraxt shoxlarini tashishga majbur etgan.

Oʻqituvchilar tomonidan qilingan shikoyatdan soʻng Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan ushbu vaziyat oʻrganilgan.

Aniqlanishicha, Uchtepa tumani 251-maktab direktori F.Sodiqova maktab oʻqituvchilari va voyaga yetmagan bolalarni maktab hududini obodonlashtirishga qonunga hilof ravishda jalb etgan va oʻz tushuntirish xatida mazkur holatni toʻliq tan olgan.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha Sodiqova MjTKning 51-moddasi ikkinchi qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala