TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Turkiyada fabrikada yuz bergan yongʻin oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, 2019 yil 22 iyun kuni erta tongda Buyukchekmeje tumanida joylashgan fabrikada yuz bergan yongʻin oqibatida 1981 yil 15 martda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Gʻofur Toʻrayevich Tursunov halok boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.
“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoshlari bilan fuqaromiz jasadini dafn etish uchun Oʻzbekistonga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy masalalar ustida ishlar olib bormoqda”, - deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.