Hodisalar

Buxoroda 2 yoshli bolaning qoʻli goʻshtqiymalagich ichiga kirib qoldi

© MCHS UzbekistanaSotrudniki Upravleniya po chrezvыchaynыm situatsiyam Buxarskoy oblasti okazali kvalifitsirovannuyu pomoщ 2-x letnemu rebyonku, kotorыy poluchil travmu v rezultate neostorojnogo ispolzovaniya myasorubki.
Sotrudniki Upravleniya po chrezvыchaynыm situatsiyam Buxarskoy oblasti okazali kvalifitsirovannuyu pomoщ 2-x letnemu rebyonku, kotorыy poluchil travmu v rezultate  neostorojnogo  ispolzovaniya myasorubki. - Sputnik Oʻzbekiston
Voqea joyiga zudlik bilan FVB Qutqaruv otryadi yetib kelgan.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Buxoroda 2 yoshli bolaning qoʻli goʻshtqiymalagich ichiga kirib qoldi.

FVVning xabar qilishicha, 25 iyun kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Buxoro shahar Havzi Nav koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro farzandining qoʻli uy-sharoitida foydalaniladigan elektr goʻshtqiymalagich ichiga kirib qolganligi va uni Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali jarrohlik boʻlimiga olib borilganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan.

Spasateli Upravleniya po chrezvыchaynыm situatsiyam Samarkandskoy oblasti osvobodili ruku rebenka, zastryavshuyu v elektricheskoy myasorubke. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FVV xodimlari 2 yashar bolaning qoʻlini goʻshtqiymalagichdan chiqarib olishdi

Voqea joyiga zudlik bilan FVB Qutqaruv otryadi yetib borgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2016 yilda tugʻilgan bolakayning qisilib qolgan barmoqlarini tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda maxsus uskuna yordamida jarohatsiz chiqarib olishga muvaffaq boʻlingan.

Eslatib oʻtamiz, shunga oʻxshash hodisa Samarqand viloyatida ham sodir boʻlgan edi. Oʻshanda FVV xodimlari 2 yashar bolaning qoʻlini goʻshtqiymalagichdan chiqarib olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala