Jamiyat

Gulnora Karimova davlatga $ 1,2 milliard emas $ 30 million qaytardi - Moliya vazirligi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Fotobankka oʻtishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik Oʻzbekiston
Moliya vazirligi xabariga koʻra, Gulnora Karimovaning davlat foydasiga musodara qilingan mulkning umumiy qiymati 30 mln $. 

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan Gulnora Karimovaning davlat byudjetiga 1,2 milliard  dollar mablagʻini qaytargani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

“Moliya vazirligi undirilgan daromadlarni familiyalarga asosan hisoblamaydi. Oʻtgan yil davomida va ushbu yilning birinchi yarmida yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlar davlat byudjetiga kelib tushmadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, oʻtgan yil davomida musodara qilingan va davlat byudjeti daromadiga aylantirilgan mulkning, jumladan, zargarlik buyumlari va valyuta mablagʻlari, umumiy qiymati  - 163 milliard soʻmni yoki 20,2 million dollarni tashkil qildi.

2019 yilning birinchi yarmida musodara qilingan va davlat byudjeti daromadiga aylantirilgan mulkning umumiy qiymati 99,4 milliard soʻmni yoki 11,8  million dollarni tashkil qildi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala