Dunyoda

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Atambayev masalasi yuzasidan izoh berdi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishPress-sekretar Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriy Peskov
Press-sekretar Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Peskov Almazbek Atambayevdan daxlsizlik olib tashlanishi yuzasidan izoh berdi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga aytgan bayonotiga koʻra, Atambayevni sobiq prezident maqomi mahrum etilishi – bu Qirgʻiziston ichki ishlari.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston parlamenti Atambayevdan daxlsizlikni olib tashladi

Peskovning soʻzlariga koʻra, Kreml bu masalaga aralasha olmaydi.

“Bu har qanday davlatning ichki ishidir. Biz aralasha olmaymiz, bu ishlarga aralashish hech qanday istak yoʻq. Hukm chiqarish notoʻgʻri boʻlardi, har bir mamlakatda bu holatga oʻzining tajribasi bor”, - dedi Peskov.  

Bugun, Qirgʻiziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.

Atambayevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, 6 deputat bunga qarshi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorgʻu Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga koʻra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va stantsiyaga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruktsiyasida korruptsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Shu haftada, 25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori Oʻtkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayevga besh epizod boʻyicha ayblov qoʻyilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlogʻida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va unga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korruptsiya fakti haqida borayotganini taʼkidladi. Xulosani koʻrib chiqish uchun parlamentga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala