Jamiyat

Toshkentda 66 mingdan ortiq zamonaviy chiqindi qutisi oʻrnatiladi

© Press-slujba GUP "Maxsustrans"V Tashkente ustanovyat sovremennыe musornыe urnы
V Tashkente ustanovyat sovremennыe musornыe urnы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar hokimiyati bilan mazkur masalada muzokaralar olib borilmoqda.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Toshkent shahri boʻylab 66 mingdan ortiq zamonaviy chiqindi qutisi oʻrnatiladi. Bu haqda “Maxsustrans” matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha,Toshkent shahar hokimiyati bilan mazkur masalada muzokaralar olib borilmoqda.

© Press-slujba GUP "Maxsustrans"V Tashkente ustanovyat sovremennыe musornыe urnы
Toshkentda 66 mingdan ortiq zamonaviy chiqindi qutisi oʻrnatiladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente ustanovyat sovremennыe musornыe urnы

Maʼlumotlarga koʻra, kuniga mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi yigʻiladi va bu 45 ta temir yoʻl vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun kuniga 240 ta ogʻir yuk tashuvchi texnika xizmat koʻrsatadi.

Oʻtgan yil davomida 10 mingdan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi chiqinda qutilar oʻrnatilgan. Joriy yilning oʻtgan davrida esa 2000 dan ortiq oʻrnatilib, shundan 300 dan ortigʻi surunkali chiqindi toʻplanadigan joylarga oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda joriy yilning 1 fevralidan chiqindilarni tashib ketganlik uchun tariflar oshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala