TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Toshkentda maktab oʻquvchilari oʻgʻirlik sodir etishdi.
IIVning xabar qilishicha, 24 iyun kuni nomaʼlum shaxslar Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “Oʻz kabel” doʻkoni oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Toshkent tumanida yashovchi 26 yoshli B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan ichida 65 mln. soʻm puli, 2700 AQSH dollari, fuqarolik pasporti va korxonasining hujjatlarini oʻgʻirlab ketgan.
“Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchilar 19 yoshli D.H., 11-sonli oʻrta maktabning 11-sinf oʻquvchilari YU.YU. va J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar”, - deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.