Dunyoda

Tunis markazida ikkita portlash sodir boʻldi – qurbonlar bor

© REUTERS / Zoubeir SouissiPolitseyskiye na meste terakta v tsentre Tunisa
Politseyskiye na meste terakta v tsentre Tunisa - Sputnik Oʻzbekiston
Tunisda ikki nafar xudkush-terrorchi oʻzini portlatib yubordi.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Tunis markazida ikkita portlash sodir boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vzrыv v tsentre shvedskogo goroda Linchyoping - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shvetsiyaning Linchyoping shahri markazida portlash sodir boʻldi, 20 dan ortiq kishi jabrlandi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, birinchi portlash  xudkush-terrorchi ayol tomonidan sodir etilgan. U oʻzini Frantsiya elchixonasi va TIV binosi joylashgan gavjum koʻchada portlatib yuborgan. Hujum maqsadi politsiya patrul mashinasi boʻlgan.

Ikkinchi portlash Milliy terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi avtoturargohida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, xudkush-terrorchi bino ichiga kira olmagani sababli odamlar boʻlishi mumkin boʻlgan joyda oʻzini portlatib yuborgan.

“Al-Hadas” nashrining xabar qilishicha, portlashlar oqibatida bir nafar politsiya xodimi halok boʻlgan, bundan tashqari kamida 4 kishi jarohat olgan

Hozirda portlash sodir boʻlgan hududlar oʻrab olingan va hodisa tafsilotlarini oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala