Siyosat

Toshkent hokimi poytaxtni rivojlantirish strategiyasini oʻzgartiradi

© Mejdunarodnыy press-klubXokim Tashkenta Artыkxodjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artыkxodjayev Djaxongir - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar rahbarining soʻzlariga koʻra, hozirda u jamoasi bilan birgalikda shunday tizimni yaratish ustida ish olib bormoqda va buning uchun dunyoning rivojlangan kompaniyalaridan eskpertlar jalb etilgan.

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Jahongir Artikxodjayev rahbarligidagi Toshkent shahar hokimligi Toshkentning yangi iqtisodiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda u bugun hokimlikda jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot-anjumanida maʼlum qildi.

Novыy Tashkent: britantsы predlojili unikalnыy proyekt goroda - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin ikki oy ichida Toshkent Bosh rejasi tayyor boʻladi

Sputnik muxbirining "Toshkentni oʻn yildan keyin qanday koʻrishni xohlaysiz?" Strategiya ishlab chiqilganmi?", - degan savoliga javob berar ekan, nafaqat u, balki har bir fuqaro poytaxtni rivojlangan koʻrishni xohlaydi, deb taʼkidladi.

"Nafaqat oʻn yil, balki besh yil, uch yildan keyin ham, kerak boʻlsa ertaga rivojlangan holda koʻrishni istaydi. Shuni aytmoqchimanki, oldimizga qoʻygan vazifalarimiz bor. Lekin maqsadlarni, birinchi galda amalga oshiradigan ishlarimizni aniqlashtirib olishimiz kerak. Masalan, oldingi eski tizimda hududga rahbari - hokim tayinlansa, u oʻzini yangi gʻoyasi bilan kelardi va hamma ishni yangitlan boshlardi. Yaʼni bir ishni davom ettirib ketolmasdi. Hozirgi birinchi qilishimiz kerak boʻlgan ishimiz - shunday bir tizim, strategiyani yaratishimiz kerak-ki, qancha ishlashimizdan qatʼiy nazar, kelgan hokim biz boshlagan ishni davom ettirib ketsin", - deya tushuntirdi Artikxodjayev.

Toshkent shahar rahbarining soʻzlariga koʻra, hozirda u jamoasi bilan birgalikda shunday tizimni yaratish ustida ish olib bormoqda va buning uchun dunyoning rivojlangan kompaniyalaridan eskpertlar jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala