Dunyoda

Dubay amirining rafiqasi yirik miqdordagi pul bilan Germaniyaga qochib ketdi - OAV

© Twitter / HH Sheikh MohammedMaxina Ganiyeva i premyer-ministr OAE, emir Dubaya Moxammed ibn Rashid Al Maktum
Maxina Ganiyeva i premyer-ministr OAE, emir Dubaya Moxammed ibn Rashid Al Maktum - Sputnik Oʻzbekiston
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh vazir Germaniya hukumatiga unga rafiqasi va bolalarini topshirish talabi bilan murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Britaniyaning Sun tabloidi BAA bosh vazirining rafiqasi, Dubay Amirligi hukmdori shayx Muhammad bin Rashid al Maktumning rafiqasi mamlakatdan yirik miqdordagi pul bilan qochgani haqida xabar berdi.

Goroda mira. Dubay - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dubay hukumati 2021 yildan qogʻoz hujjatlardan toʻliq voz kechadi

Nashr maʼlumotiga koʻra, malika Xayya bin al-Husayn fevral oyidan buyon ommaga koʻrinish bermagan. Xabarda aytilishicha, u 11 yashar qizi va yetti yashar oʻgʻli bilan Germaniyaga qochgan va u yerdan boshpana soʻragan, soʻngra ajrashish uchun ariza bergan.

Malika oʻzi bilan 31 million funt sterling (39 million dollarga yaqin) pulni olib ketganligi xabar qilinmoqda.

Ushbu qochish BAA va Germaniya oʻrtasida diplomatik inqirozni keltirib chiqardi, deb taʼkidlamoqda Sun nashri.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh vazir Germaniya hukumatiga unga rafiqasi va bolalarini topshirish talabi bilan murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.

Ilgariroq Human Rights Watch huquqni muhofaza qilish tashkiloti BAAdan Dubay hukmdorining qizi 32 yashar malika Latifa bin Muhammad Al Maxtumning qayerdaligini oshkor qilishni talab qilgan edi. Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, u mamlakatni tark etishga harakat qilgan, ammo ayolni qoʻlga olishgan va ortga qaytarishgan. BAA hukumati malikaning kuch bilan ushlab turilgani haqidagi xabarlarni rad etganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala