Siyosat

Tolibon AQSH bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini maʼlum qildi

© AP/ str/Haider ShahPredstaviteli dvijeniya Taliban
Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Tolibon vakili taʼkidiga koʻra, AQSH bilan muzokaralar hozircha muddati aniq boʻlmagan tanaffusdan soʻng qayta tiklanadi.

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. AQSH va "Tolibon" radikal afgʻon harakati delegatsiyalari Qatarda boʻlib oʻtgan muzokaralarda deyarli barcha masalalarda kelishuvga erishdilar. Taʼkidlanishicha, hal etilmagan masalalar bir yoki ikki punktni tashkil etadi, xolos. Bu haqda RIA Novostiga "Tolibon"ning Doxadagi rasmiy vakili Suxayl Shaxin payshanba kuni maʼlum qildi.

Dmitriy Mixeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Mixeyev: AQShning Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishi haqidagi bayonoti - siyosiy oʻyin

Amerika delegatsiyasi va toliblar oʻrtasidagi muzokaralar Qatarda seshanba, 9 iyul kuni, Doxadagi afgʻonlararo dialog yakunlanganch qayta tiklandi. Shundan soʻng AQSH delegatsiyasiga boshchilik qilgan AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Pekinga uchgan. Xalilzad u yerdan toliblar bilan muzokaralar holati haqida bayonot berish uchun Vashingtonga yoʻl olishi kerak edi.

"Muzokaralarda muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha kelishuvga erishildi, keyingi raund vaqtida muhokama etiladigan bir yoki ikki punkt qoldi, xolos", - deb aytgan Shaxin.

U shuningdek, Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilish muddatlari hali kelishilmaganini, ammo "tirqish torayganini" taʼkidladi.

Tolibon vakili taʼkidiga koʻra, AQSH bilan muzokaralar hozircha muddati aniq boʻlmagan tanaffusdan soʻng qayta tiklanadi.

"Tanaffus kunlar yoki haftalarni olishi mumkin", - deb qoʻshimcha qildi Shaxin.

AQSH maxsus vakili ilgariroq "Tolibon" bilan muzokaralar Qatarda toʻrt asosiy mavzuda olib borilayotganini: u oʻt ochishni toʻxtatish, amerika qoʻshinlarining mamlakatdan chiqarilishi, afgʻonlararo muloqotni oʻtkazish hamda afgʻon hududidan AQSH yoki boshqa davlatlarga hujum qilish maqsadida foydalanishdan voz kechishni qamrab olganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala