Jamiyat

Rekord yangilandi: Oʻzbekistonda 80 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirdi

© Press-slujba Agentstva gosudarstvennыx uslug80-letniy Tuxtamish Sultonov podal dokumentы v vыsshiye uchebnыe zavedeniya cherez Tsentr gosuslug Angorskogo rayona Surxandarinskoy oblasti.
80-letniy Tuxtamish Sultonov podal dokumentы v vыsshiye uchebnыe zavedeniya cherez Tsentr gosuslug Angorskogo rayona Surxandarinskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yilgi abituriyentlar barchani hayron qoldirishda davom etishmoqda.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 80 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirdi.

Davlat xizmati agentligi xabariga koʻra, 80 yoshli fuqaro Toʻxtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan.

Vstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi

Yoshi eng ulugʻ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani oʻqitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yoʻnalishini tanlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 78 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirgani xabar qilingan edi.

Bugun OTMlarga hujjat topshirishning soʻnggi kuni. Shu kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida  24 soat kunu-tun xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun roʻyxatdan oʻtib, ulardan 49 307 nafari 2019 yil bitiruvchilari va 53371 nafari oldingi yillar bitiruvchilaridir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala