Jamiyat

Elchixona vakillari shifoxonaga tushgan 69 nafar fuqarodan xabar oldi

© Sputnik / Igor ZaremboPatsiyentы, illyustrativnoye foto
Patsiyentы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Elchixona vakillari Samarada zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan 69 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining holidan xabar oldi.  

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Qozon shahridagi Oʻzbekiston bosh konsuli Fariddin Nasriyev hamda Moskvada joylashgan Tashqi mehnat migratsiyasi vakili Saidnumon Mansurov Samara viloyatiga tashrif buyurib zaharlanish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan oʻzbekiston fuqarolarining holidan xabar oldi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Samarada 68 nafar Oʻzbekiston fuqarosi nomaʼlum moddadan zaharlandi

Elchixona vakillari Samara viloyat klinik shifoxonasi hamda Tolyatti shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga tashrif buyurib ushbu shifoxonalarda davolanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining  holidan xabar olishdi.

Maʼlum boʻlishicha, shifoxonaga yotqizilgan fuqarolar soni 69 kishi ekan. Ularning orasida bir nafar yosh bola ham bor. Ulardan 3 nafari reanimatsiyada ogʻir ahvolda. Ayni damda zaharlanish sababini aniqlash boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Tashrif davomida Oʻzbekiston elchixonasi vakillari hudud rahbariyati, sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari hamda “Koshelevskiy posad” korxonasining direktori bilan uchrashishdi.

Ushbu uchrashuvlar yakuniga koʻra, quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • davolanish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
  • mehnat migrantlarining pasportlari ularning oʻz qoʻliga topshiriladi;
  • ularning yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha choralar koʻriladi;
  • ularning maoshlarini oshirish masalasi koʻrib chiqladi;

Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi ushbu vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Samara viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurutuvchi “Koshelevskiy posad” korxonasining 70 ga yaqin ishchilari zaharlanish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Maʼlum boʻlishicha mehnat migrantlari alohida uyda yashagan va oʻzlari uchun oʻzlari ovqat pishirgan. 

Yangiliklar lentasi
0