Buzilgan restoran egasi sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi

© TPPSnesennoe zdanie restorana Ezidiyor
Snesennoe zdanie restorana Ezidiyor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkent City qurilishi munosabati bilan buzilgan Ezidyor restorani egasi sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Tashkent City qurilishi munosabati bilan buzilgan tadbirkor manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qildi. Bu haqida palata matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini to‘xtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lgan", - deyilgan xabarda. 

“Tashkent City” barpo etilishi munosabati bilan “GRAND DUET” MChJga qarashli ko‘chmas mulk obyekti buzilishga tushganidan so‘ng, Toshkent shahar hokimiyati Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayohat” restorani binosini, qonunchilikda belgilangan tartibda Qo‘shma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi. Biroq bu kelishuv amalga oshmagan.

Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chmas mulkni buzish huquqini hokimlardan olib sudlarga berish kerak – deputat

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2019-yil fevral oyida, qo‘shma korxonasining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlanishi maqsadida Chilonzor tuman Ma’muriy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Ma’muriy sudining 2019-yil 16-maydagi hal qiluv qaroriga asosan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilgan edi.

Mazkur xal qiluv qarori ijrosi amalda ta’minlangan takdirdagina, tadbirkorning qonuniy manfaatlari to‘liq ximoya qilingan deya olamiz, deyilgan Savdo-sanoat palatasi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0